Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti 5 muhim tashabbusining birinchi tashabbusi doirasida joriy yilning 2-fevral kuni institutimizning 300 ga yaqin faol talabalari poytaxtimizda joylashgan “Muqumiy” nomidagi musiqali teatrga tashrif buyurishdi. Talaba-yoshlarimizning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni teatr, musiqa va sanʼatga boʼlgan qiziqishlarini yanada oshirish tashrifdan koʼzlangan maqsad edi. Tashrif davomida talabalarimiz teatr binosi bilan yaqindan tanishdilar. Teatr foyesi va zallarining milliy aʼanalarimizga xos tarzda bezatilgani, naqshinkor devorlar va ustunlarning binoga oʼzgacha koʼrk va tarovat berib turgani ularda hayratlanish hissini uygʼotdi. Shuningdek, talabalar Аbdulla Qodiriy qalamiga mansub "Oʼtgan kunlar" romani asosida sahnalashtirilgan “Otabek va Kumushbibi” spektaklini maroq bilan tomosha qilishdi hamda olam-olam taʼsurotlar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati