Talabalarni ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda ishtirokini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalasi doimo dolzarb. Bu talabalarning faolligini oshiribgina qolmay, balki ularning intellektual salohiyatini ham kuchaytiradi. Institutimizning 4-talabalar turar joyida shu xususda o‘tkazilgan tadbirda "Yoshlar bilan ishlash buyicha" prorektor R. Choriev ana shu masala borasida yotokxonada yashovchi talaba qizlar bilan suhbatlashdi. Ayni paytda, talabalarning ham tadbirlar, kitobxonlik va sport ishlari buyicha fikr-mulohazalari tinglandi.
TIQXMMI matbuot xizmati