Bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi

 Ma’lumki, davlat rahbarimizning tashabbuslari bilan joriy yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlangan. Shunday ekan, yoshlik va sog‘lik e’tiborga muhtoj bo‘lgan tushuncha. Xoh mehnat jamoasi bo‘lsin, xoh ta’lim muassasasi bo‘lsin, unda faoliyat yuritadigan insonlarning salomatligi muhim boylikdir.

Xuddi shu munosabat bilan institutimizda tibbiyot xodimlari va mutaxassislar ishtirokida ta’lim muassasamiz pedagoglari va texnik xodimlarini salomatligini o‘ylab bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining Mirzo Ulug‘bek tuman kengashining tashabbusi bilan tashkil etilgan bepul tibbiy ko‘rikning ahamiyati haqida

Kengash raisi Botirjon Sodiqov “aholi sog‘lomligi har narsadan ulug‘, bu harakatimiz insultning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bu faoliyatni biz muntazam ravishda o‘tkazib turamiz, chunki jamoaning salomatligi ish unumini oshishiga xizmat qiladi, ish va ta’lim jarayoni bilan band bo‘lib vaqt topa olmayotgan professor o‘qituvchilar uchun  bu ishimiz asqotishi aniq”, - deya o‘z mulohazasini bildirdi.

“Sog‘lom tanda sog‘ aql” degan xalq maqoli ham bejiz aytilmagan. Shunday ekan, har birimizning salomatligimiz haqida qayg‘urish davlatimiz va hukumatimizning doimiy e’tiborida ekani  va bu siyosatni qo‘llab - quvvatlash har birimizning burchimiz, qolaversa, davr talabidir.

TIQXMMI matbuot xizmati