Ish beruvchilar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidа” PF-5052-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholi, avvalo yoshlar bandligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash borasida mehnat organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida  2020/2021 o‘quv yili bitiruvchilarning tegishli vazirlik, korxona, tashkilot va muassasalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va olis xududlarga borib ishlashini tushuntirishni hamkorlikda bajarish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani A.Isakov, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ Energetika bo‘limi boshlig‘i Sh.Eshanxadjyev, o‘rinbosari SH. Qosimov  va  O.Raxmatullaev energetika bo‘limi etakchi mutaxassisilari, fakultetda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Matchonov va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
 
Davra suxbatida Toshkent shahar suv ta’minoti tashkilotlari so‘zga chiqib, mehnatga oid munosabatlar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan Mehnat qonunchiligi, Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinishini, amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga asosan ish beruvchining huquqi, majburiyati va javobgarligini tushuntirib, muassasada xodimlar uchun haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratilishi, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlanishi — mehnat nizolarini ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda ish beruvchilar va barcha xodimlarning moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga erishilishini ta’kidladilar. Davra suxbati qizg‘in savol-javob tarzida o‘tkazildi.

“Qishloq va suv xo‘jaligi

energiya ta’minoti” fakultetining  Yoshlar

 bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev

TIQXMMI matbuot  xizmati