Yoshlarning istiqboli xalq iqboli. Ularning maqsad-intilishlari doimo davlat va hukumatimiz diqqatida. Bu borada Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar tahsinga sazovor. Buning ro‘yobini o‘tgan oyning yakunida o‘tkazilgan Prezidentimizning yoshlarga tabrigi yo‘sindagi ma’ruzasidan ham anglab olish qiyin emas.
30-iyun “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan tashkil etilgan Yoshlar va talabalar forumida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yosh yigit-qizlarning turli sohalardagi muvaffaqiyatlari bilan tanishdi va yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Qator faol yoshlar qatlamini orden va medallar bilan taqdirladi. Quvonarlisi ushbu forumda institutimizning 40 nafar faol talabalari ishtirokchi sifatida qatnashishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati