TIQXMMI va FAO hamkorligi kengaytiriladi

   3-fevral kuni TIQXMMI va BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda  FAO tomonidan tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o‘rinbosari Sh.Umarov bilan birgalikda GEF koordinatori A.Nurbekov, dastur assistenti M.Tashmatova, CADI sekretariati koordinatori T. Reymovlar ishtirok etishdi. Institut tomonidan uchrashuvda TIQXMMI rektori prof. Umurzakov O‘.P. rahbarligida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor prof. A. Salohiddinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. T. Sultanov, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i prof. B. Matyakubov, EkoGIS rahbari prof. A. Pulatov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i dotsent Sh. Raxmonovlar ishtirok etishdi.

Ishchanlik ruhida o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. Tomonlarning o‘zaro manfaatli innovatsion va investitsion faoliyat natijalari va ularning kengaytirish istagi har ikki tomonning harakati mushtarak ekanligidan dalolat beradi. Uchrashuv doirasida hamkorlikda bajarilayotgan ishlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish hamda rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jumladan, hamkorlikning navbatdagi bosqichida institut ilmiy o‘quv markazi hudadaida gidroponika asoslangan demonstratsion issiqxona hamda tuproqni himoya qiluvchi texnologiyalar markazini tashkil etish bo‘yicha birgalikda harakat amalga oshirishga kelishib olindi.

TIQXMMI matbuot xizmati