Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida

   Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan «Improve your skills» loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha davomida yurtimizda o‘z sohasida salmog‘li natijalarga erishib kelayotgan tadbirkorlar, muvaffaqiyatli insonlar tomonidan online va offline ko‘rinishda o‘quv-seminarlar tashkil etiladi. Loyiha doirsida birinchi o‘quv-seminar darsi 3 fevral kuni Institutimizda ananaviy ko‘rinishda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi departament boshlig‘i, «Mahorat Soft Info» IT-kompaniya direktori, Biznes konsultant, Ambassador loyihasi menejeri Alisher Akmaljonov bilan «Time managment» mavzusida tashkil etildi.

 Dastavval, Alisher Akmaljonov tayyorlab kelgan taqdimotidagi ma’lumotlar, statistik tahlillarni talabalarga mazmun-mohyatini ochib berdi. Inson o‘zini, yashash tarzini o‘zgartirishga bel bog‘lar ekan avvalo, kundalik ishlarini, ertalab o‘qishga, ishga otlangan paytda reja qilib olgan ishlarni barchasini kun davomida nihoyasiga yetkazishda va kunimizning samarali o‘tishida time managment asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Asosiy qismida Alisher Akmaljonov talabalarning mantiqiy fikrlashi, dunyo qarashini kengaytirishga yo‘naltrilgan amaliy intellektual tajriblar o‘tkazib ko‘rdi. Shundan so‘ng, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, yoshlarimizda asosan hozirgi kunda tadbirkorlik sohasida yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar, kredit olish, investor jalb qilish masalasiga ko‘proq urg‘u berishdi. Quvonarlisi shundaki, institutimiz talablari orasida qishloq xo‘jaligida o‘z shaxsiy biznesiga ega ko‘plab yoshlar borligi, ular o‘z faoliyatini takomillashtrish va raqobatbardosh korxonaga aylantirish yuzasidan spikerning tavsiyalarini olishdi. Uchrashuv yakunida institut yoshlar yetakchsining birinchi o‘rin bosari hamda Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvatlash markazi Ambassadori Haytboy Iskandarov Alisher Akmaljonovga rahbariyatimiz hamda talabalarimiz nomidan minnaddorchilik bildirib, tashakkurnoma bilan taqdirladi. Loyiha doirasida keyingi amalga oshiriladigan ishlar va uchrashuv rejasi kelishib olindi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati