Institut va maktab hamkorligi

 Institutimizning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ga asosan 16-yanvar kuni “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 41 – maktabga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida kafedra mudiri D.Qodirov ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab pedagogik jamoasiga maslahatlar berdi. Shuningdek, maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida kafedra assistenti A.Davirov va kafedra tayanch doktoranti N.Abdug‘anievlar institutimizda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi. Tadbir so‘ngida maktab o‘qituvchilar va yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati