Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor ko’rsatib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbusi aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, respublikamizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasasida sport bilan shug’ullanishga shart-sharoitlar mavjud.
Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida TTJ kengashi raisi Saidahmedov Jahongir bilan birgalikda Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitdan unumli foydalanib, talaba-yoshlarimiz erta tongdan turib, badantariya mashqlari bajarishdi. Bu ertalabki badantarbiya mashqlarini talabalarimiz o’zlari uchun an’anaga aylantirishgan desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Bu sport mashqlari bugungi pandemiya sharoitida o’zlarining sog’liqlari uchun ham foydali deb o’ylaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmati