Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani U. Qoʻziyev, “Qishloq xoʻjalik mashinalari” kafedrasi mudiri K.Astanaqulov va kafedra dotsenti D.Alijanovlar “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ qoshidagi “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi konstruktorlik texnologik markazi”da Janubiy Koreyaning “JEONBUKTECHNOPARK” global texnologik hamkorlik markazi menedjeri janob In Bong Kimbilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv doirasida tomonlar bir-birlariga oʻzlari ishlayotgan muassasalarning faoliyat yoʻnalishiga oid maʼlumotlar berishdi.
Shundan soʻng janob In Bong Kim bilan oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama etildi. Uchrashuv soʻngida “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi konstruktorlik texnologik markazi”da JEONBUKTECHNOPARK” global texnologik hamkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan “Portal turdagi oʻlchov-nazorat mashinasidan foydalanish” mavzusidagi oʻquv kursida “Qishloq xoʻjalik mashinalari” kafedrasining 2 nafar magistrini tinglovchi sifatida qatnashishga hamda kelgusida koreyalik hamkorlar bilan “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi konstruktorlik texnologik markazi”da tashkil etilgan innovatsion texnoparkda qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash boʻyicha startap loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Mazkur kelishuv doirasida “QXM” kafedrasi magistrlari P. Orinbayev va S. Xaziyevlar oʻquv kursida qatnashishdi va zamonaviy oʻlchov vositalari orqali qishloq xoʻjalik mashinalarining fazodagi oʻlchamlarini aniqlash boʻyicha malakaga hamda tegishli sertifikatga ega boʻlishdi.
“Qishloq xoʻjaligi mashinalari” kafedrasi mudiri K. D. Astanaqulov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov