Joriy yilning 3- mart kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi R.T.Kodirova boshchiligida fakultet talaba qizlari o'zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova tavalludining 106 - yilligi munosabati bilan adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.
R.T.Kodirova shoira ijodi, bosib ӯtgan hayot yo‘li to‘g‘risida talaba qizlarimizga gapirib berdi.Talaba qizlarimiz Shoira she’rlaridan yod o'qidilar.Ziyoratdan hayot, bahor, go'zallik, sadoqat, muhabbat kuychisi Zulfiya Isroilova ijodidagi hayotga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini qalblariga jo qilib mamnun bo'lib qaytishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati