Psixolog bilan dillashish

TIQXMMI psixologi M.K. Muxamedova 31 oktyabr kech soat 18:30.da  2 - TTJda yashovchi qizlar bilan tanishish va ularga “Psixologik xizmat” to‘g‘risida axborot berish maqsadida davra suhbati o‘tkazdi. Yig‘ilishga har xil guruh vakillari tashrif buyurishdi. Suhbat avvalida TIQXMMI psixologi M.K. Muxamedova barcha ishtirokchi qizlarga soat strelkasi bo‘ylab “Psixolog degani kim?”,”Psixologning vazifasi nimalardan iborat deb o‘ylaysiz?”, “Psixolog deganda qanday insonni tasavvur qilasiz?” kabi savollarga javob berishlari taklif etildi. 

Barcha ishtirokchi qizlar o‘z fikrlarini bayon etishdi. To‘g‘ri fikrlar qo‘llab – quvvatlandi. Noto‘g‘ri fikrlarga to‘g‘ri tomondan qarash kerakligi tushuntirib o‘tildi.   

TIQXMMI psixologi M.K. Muxamedova ishtirokchilarga “Psixolog kim?”, “Psixologning vazifasi nima?”, “Psixologning psixiatrdan farqi nimada?” kabi mavzular yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.   

Suhbat so‘nggida TIQXMMI psixologi M.K. Muxamedova barcha qizlarning bir – birlarini yaxshi tanimaganliklari uchun “Tanishuv” treningini o‘tkazdi.  Bunda har bir ishtirokchi o‘z ismi, pozitiv xususiyatlaridan uchtasi va negativ xususiyatlaridan uchtasini aytish kerakligi topshirig‘i berildi. Soat strelkasi bo‘ylab har bir ishtirokchi o‘z yaxshi va yomon tomonlarini sanab o‘tishdi. Ayrim qizlar o‘z yaxshi xususiyatlarini ham ayta olishmadi. Ularga “O‘z – o‘ziga baho”ning pastligi va bu xususiyatlarni o‘stirish uchun ularga psixolog ko‘magi lozimligi aytib o‘tildi. Ayrimlari o‘larinig yomon xususiyatlarini tan ola bilganliklari mardlik ekanligi aytib o‘tilib, mard inson yomon xususiyatlarini yo‘qota olishga iroda kuchi majudligi tushuntirib o‘tildi va bunday odatlardan voz kechish usullari haqida so‘z yuritildi. Treningda barcha ishtirokchilar aktiv qatnashishdi.   

Treningda  2 –TTJ tarbiyachi psixologi D. Sa’dullayeva ham ishtirok etdi. U ham o‘z fikr va mulohazalarini ishtirokchilarga aytib o‘tdi.

Barcha ishtirokchilar TIQXMMI psixologi M.K. Muxamedovaning xonasiga yakka tartibdagi suhbatga taklif etildi va yig‘ilish ko‘tarinki kayfiyatda yakuniga yetdi. 

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov