QSXET fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi professori A.Radjabov, ushbu fakultetning 4 kurs 401, 402 va 402a-guruh talabalariga bugun 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmun-mohiyatini va Prezidentimizning “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi” degan so‘zlarini barcha talabalarga keng tushuntirib ochib berdi va bu borada barcha yoshlarimiz Prezidentimizga munosib farzand bo‘lish kerakligi to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.
Ma’ruza va savol javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga professor A.Radjabov tomonidan yetarlicha javoblar berildi.
ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov