O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, hamda institutimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi 6-majlis bayonining 12-bandiga asosan ya’ni Institutda talabalarni 5+1 (besh kun institutda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430500-Qishloq xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2 kurs talabalarini, 2020 yilning 4 yanvar kuni “ET va EJF” kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov va assistent N.Markaevlar 201, 202-guruhlarni “STANDART ELEKTRO TEXNIKA” MChJga olib borib “Elektr xavfsizligi va elektr uskunalari montaji” fanlaridan mutaxassislar bilan birgalikda dars mashg‘ulotlari olib borildi. Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollariga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi.
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov