Pskom GESdagi o‘quv-seminar

  “O‘zbekgidroenergo”AJ Boshqaruv raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi, senator Sanginov Abdug‘ani Abdurahmonovich tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ustoz -shogird” an’anasi asosida “Sohani yosh bunyodkor gidroenergetiklar bilan rivojlantiramiz” mavzusida 2021-yil 4-fevralda Pskom GES qurilayotgan ob’ektda o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarda “Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida)”, “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3-4-kurslaridagi iqtidorli va faol talabalar ishtirok etib, katta taassurotlar bilan qaytishdi.

                        

Seminar davomida talabalar muhandis-quruvchilar bilan muloqatda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi va kelgusida Gidrotexnika inshootlari qurilishi jarayonida ishtirok etish istagini bildirishdi. Seminar yakunida TIQXMMI, TAQI, TDTU talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ta’surotlar inshosi” tanlovida GTQ fakul’tetining 4-kurs talabasi Kurseitov Axtem Seyranovich faxrli 1-o‘rin va qimmatbaho sovg‘aga sazovor bo‘ldi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati