2021-yil 4-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi huzuridagi Gaydar Aliev nomidagi Madaniyat markazi tomonidan institutimizning SXTEvaB fakultetida 8-mart xotin - qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi huzuridagi Gaydar Aliev nomidagi Madaniyat markazi mas’ul xodimlari va SXTEvaB fakultetining professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirning bosh maqsadi ikki qardosh xalq o‘rtasida do‘stlik, madaniy, ma’rifiy hamkorlikni yanada mukstahkamlashga qaratildi.
TIQXMMI matbuot xizmati