Hurmatli TIQXMMI Axborot - resurs markazining foydalanuvchilari !

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 -2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasida 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi «Kitobxonlik haftaligi» etib belgilangan. Qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Sizlarni joriy yilning 5 – 10 aprel kunlari Axborot – resurs markazining 2-qavatida joylashgan Professor-o’qituvchilar o’quv zalida «Kitob – inson ma’naviyati ko’zgusidir» rukni ostida o’tkaziladigan «Kitoblar ko’rgazmasi»ga taklif etamiz. Ko’rgazmada o'quv, o’quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, shu jumladan, o’zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari namoyish etilgan.

 

 

Axborot-resurs markazi