Ta’limni rivojlantirishda hamkorlik istiqbollari

Prezidentimiz  Sh.Mirziyoyevning 08.10.2019y.dagi PF-5847 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni  amalga oshirish maqsadida institutimizda  ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning namunaviy darslari, ya’ni “master klass” lar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 2-iyun sanasida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. A.Arifjanov tomonidan Toshkent Arxitektura Qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalariga “Gidravlik hisoblashlarda zamonaviy uslublar” mavzusida namunaviy dars mashg‘uloti-“master klass” tashkil etildi. Tashkil etilgan ushbu “master klass” jarayonida mavzuga va sohaga oid yangi ma’lumotlar, ta’lim sohasidagi chet el bilan  hamkorlik munosabatlari, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya masalalari alohida yoritib berildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga respublikamizdagi va chet eldagi hamkor oliy ta’lim muassasalari misolida javob berildi va master klass qiziqarli munozara va mulohazalar bilan yakunlandi.

Oliy ta’lim muassasalari kafedralari va professor-o‘qituvchilarining  doimiy hamkorligi ta’lim va fan sohasidagi erishgan natijalarining ommalashuviga hamda bunday “master klass”lar ta’lim sifatini oshishiga, sog‘lom raqobatni paydo bo‘lishi va rivojiga hamda buning natijasida malakali yetuk kadrlarni yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati