Joriy yilning 4 iyun kuni GM, KSXET fakulteti 1 kurs talaba qizlari bilan institut psixologi M. Muxamedova “Ichki sezgingiz qay darajada rivojlangan?” mavzuida davra suhbati o'tkazdi.Tadbir talabalarda ichki sezgi qobiliyatini oshirish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilarga ichki sezgi nima, uni qanday sezish mumkin, qanday rivojlantirish mumkinligi haqida tushunchalar berib o'tildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagi ma'lumot va maslahatlar berildi: “Odamning ichki sezgisi, aniqrog'i, qaysidir voqea-hodisani oldindan payqay bilishi ko'p hollarda unga yordam berishi mumkin. Tasavvur qiling, falokatni sal avval qalban his etdingiz-u, oldini olish harakatiga tushdingiz. Xullas, bu qobiliyat har birimiz uchun juda zarur. Hamma ham o'tkir ichki sezgi bilan tug'ilmaydi, ammo uni rivojlantirish imkoni bor. Bu olimlar va psixologlar tomonidan tasdiqlangan.
Ko'pchilik o'tkir ichki his, g'ayrioddiy qobiliyat egasi bo'lishni, voqea-hodisalarni boshqalardan ko'ra oldinroq sezishni istaydi. Va, bunday imkoniyat hammada bor! Insonning fikrlashi va aqli uchun chap yarim shari, o'zgachaligi va ilhomlanishi uchun o'ng yarim shari javob beradi. Agar ichki sezgingizni takomillashtirishni xohlasangiz, aynan o'ng yarim sharni rivojlantirishingiz lozim.”
Tadbir davomida ishtirokchilardan “Ichki sezgingiz qanday?” mavzusida so'rovnoma olib, natijasi tahlil qilindi.
Tadbirda ichki sezgini va o'ng yarim sharni rivojlantirish usullari haqida so'z yuritildi va maslahatlar berildi.
Ko'p ishtirokchilarning fikricha ular shu vaqtgacha intuitsiya nima ekani haqida ma'lumotga ega bo'lishmagan ekan. Ushbu tadbirdan ular o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan ma'lumot olishganidan mamnun ekanliklarini aytib o'tishdi.
Tadbirda 4 – TTJ tarbiyachi pedagogi N. Isaqulova ham faol ishtirok etdi va ishtirokchilarga o'z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda intuitsiya haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi.
Tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
Institut psixologi Muhayyo Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati