El-yurtini sevgan, uning taraqqiyoti va farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilgan farzandlarni uning avlodlari ham yoddan chiqazmaydi. Xalqimizning tinch, to‘kin va barqaror hayoti, yorug‘ kelajagi yo‘lida kurashgan insonlar nomi haqli ravishda abadiyatga daxldordir. Ulug‘larni yodlash, ulardan qolgan adabiy merosni avlodlarga yetkazish, kelgusi avlodga, xususan yoshlarga ibrat va namuna qilib ko‘rsatish qutlug‘ niyatli xalqning azaliy va abadiy qadriyatlaridandir. O‘zbek she’riyatining gultoji sanalgan O‘zbekiston qahramoni,O‘zbekiston halq shoiri Abdulla Oripov ijodini o‘rganish uni targ‘ib qilish, talaba yoshlarga o‘rgatish bo‘yicha mana bir necha haftadirki institutimiz tomonidan “Adiblar xiyoboni”da ulug‘ shoirimiz siymosi qoshida, haykal oldida ta’zim bajo etish, gulchambarlar qo‘yish, uning she’rlaridan o‘qib, zamondosh olimlarning xotirasidan bahramand bo‘lish an’anaga aylanib ulgurdi.
Shu ma’noda 2020 yil 4 iyul kuni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlab, “Qishloq xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti dekani A.Isakov boshchiligida professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirokida Fakultetimiz talabasi Yo‘ldasheva Madinabonu tomonidan Abdulla Oripov hayoti va ijodi aks etgan rasmlar ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu ko‘rgazmada Abdulla Oripovning 20 ga yaqin rasmlari ko‘rgazma qilindi. Rassom Yo‘ldasheva Madinabonu rasmlarni chizishda Abdulla Oripov she’rlaridan ilhomlangani rost. Talabalarimiz tomonidan shoir to‘rtliklaridan o‘qildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Sayyora To‘ychieva ham ishtirok etdi. Abdulla Oripovning she’rlaridan o‘qidi. Abdulla Oripovning insoniylik xislatlari to‘g‘risida gapirdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Abdulla Oripovning she’riyatida ruh ozodligi talqini, uning jonkuyar va g‘amxo‘r ustozligi, badiiy va publitsistik asarlarini alohida e’tirof etdilar. Fakultetimiz professori A.Rajabov shoir ijodida uyg‘unlashgan hayot va odamlar, jamiyat va tabiat haqidagi badiiy talqin va shoirning yuksak kamolotidan darak berganini uning rasmlaridan bilish mumkin ekanini ta’kidladi.
.
QSXET fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Abror Botirov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati