O‘zbekiston irrigatsiyasi tarixiga oid ko‘rsatuv

2021-yilning 2-iyul kuni TIQXMMI "Gumanitar fanlar" kafedrasi professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va doktorantlari ishtirokida "O‘zbekiston tarixi" telekanalida "O‘zbekistonda irrigatsiya tarixi" mavzusidagi ko‘rsatuvi efirga uzatildi. Unda kafedra mudiri Sh.M. O‘ljayeva, katta o‘qituvchi M.Hakimova, tadqiqotchi R. Zafarjonova, tayanch doktorant M. Mahmudovalar bu ko‘rsatuvda O‘zbekistonda irrigatsiya sohasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi mavzusi bo‘yicha, fikr-mulohaza va ilmiy xulosalarini bildirib o‘tdilar.

O‘zbekistonda ham sivilizatsiyalar qadimgi Sharq davlatlari Misr, Mesopotamiya, Qadimgi Xitoy, qadimgi Hindiston kabi sersuv mintaqalarda paydo bo‘lgan. O‘zbekistonda o‘ziga xos sivilizatsiyalar paydo bo‘lishi va rivojlanishida sersuv mintaqalar bilan bu sohaga berilgan e’tibor, ularga ilmiy va professional yondashuvlar muhim omillar bo‘lib xizmat qilgan. Ko‘rsatuvda milliy tariximizda irrigatsiya tizimlarining rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi va institutimiz olimlari tomonidan olib borilayotgan kadrlar tayyorlash ishlari hamda ilmiy faoliyatlari haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Unda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti «Gumanitar fanlar» kafedrasi huzurida “O‘zbekistonda irrigatsiya tarixini o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi” ilmiy-innovatsion laboratoriyasi tashkil etilishi va uning keyingi istiqbollari haqida ham to‘xtab o‘tildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati