Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti Qarshi filialining “Suv xo’jaligini melioratsiyasi” ta’lim yo’nalishi 1–bosqich 104–105–guruh talabalri ota–onalari ishtirokida “Farzandlarimiz kelajagiga befarq emasmiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O’quv uslubiy bo’limi boshlig’i, dotsent A. Abdiyev so’zga chiqib filialda olib borilyotgan ta’lim-tarbiya jarayoni hamda, iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushunchalar berib o’tdi. Tadbir yakunida 104–105–guruh murabbiylari Xushshiyev Shuhrat va Urinov Jamollar ota–onalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. “Talaba yoshlar tartib–intizomi va odob–axloq qoidalari” hamda baholash tizimi bo’yicha ota – onalarga tushuncha berildi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov