2020-yil 30-noyabr kuni Moskva davlat Yer tuzish universitetining Xalqaro aloqalar prorektori, iqtisod fanlari doktori, professor Vasiliy Ivanovich Nilipovskiy ishtirokida “Rossiyada yer resurslarini boshqarish va yer tuzish tizimi” mavzusida vebinar tashkil etildi. Mazkur vebinarda “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 4-kurs talabalari, professor-o‘qituvchilar, 2-bosqich magistrantlar hamda “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyihalash institutining mutaxassislari ishtirok etishdi.
Professor V.I.Nilipovskiy so‘z avvalida institut rahbariyatiga salom yo‘llar ekan, institutimiz bilan Moskva davlat yer tuzish universiteti o‘rtasida ko‘p yillik samarali hamkorliklar amalga oshirib kelinayotganini ta'kidladi. 2018-yilda Rossiya-O‘zbekiston Forumi doirasida institutimizga buyurgan tashrifi hamda hamkorlik natijalari haqida to‘g‘talib o‘tdi. Bundan keyin ham institut bilan hamkorlik va aloqalarimiz yanada kengayishiga hamda bu boradagi kelishuvlarni birgalikda amalga oshirishga ishonch bildirdi. V.I.Nilipovskiy o‘z ma'ruzasida Rossiyada yer resurslarini boshqarish tizimi va yer tuzish sohasidagi tajribalari hamda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida tinglovchilarga ma'ruza qildi. Vebinarda professor-o‘qituvchilar, talaba va mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashishdi hamda ular bilan fikr almashdilar. Ma'ruza so‘ngida professor V.I. Nilipovskiy barchaga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi hamda bitiruvchi talabalarni Moskva davlat yer tuzish universitetida o‘qishga taklif qildi.
TIQXMMI matbuot xizmati