O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 8-oktyabrdagi 87-02-2586 sonli xatini ijrosini ta’minlash bilan birqatorda talaba qizlarimizni milliy liboslarimizni targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 6-fevralida institutda “Buvijonim kiygan liboslar” ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda QSXET fakultetining talaba qizlari faol qatnashdilar. Har bir talaba qizlar o‘zlari kiygan liboslarini ta’riflab berdilar. Ushbu tadbirda institutning GIM va GTQfakulteti talaba qizlari va X.Olimjon nomli maxalla fuqarolar yig‘ini mutaxassisi M.Abduraxmanova va Lashkarbegi MFY mutaxassisi Z.Rasuliy va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Ayni kunlarda “Ommaviy madaniyat” ta’siri ostida Yevropa mamlakatlarida hozirda urfga kirgan “yirtiq-yamoq” kiyimlarni biz ko‘cha-ko‘ylarda yoshlarimizda ham ko‘rib bormoqdamiz. Ochig‘i, oxirgi paytlarda bularni ko‘raverib, ajablanmay ham qo‘ydik.
Z.Rasuliy so‘zga chiqib, ushbu tanlovni o‘tkazishimizdan asosiy maqsad esa yoshlarimizni ma’naviyatida tarixiy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini oshirish, kelajakda ular barkamol inson bo‘lib tarbiya topishiga erishishdir. Albatta, buning zamirida yoshlarimizning kiyinish madaniyatiga bo‘lgan munosabati yaxshilanadi, shu bilan birga o‘zbek milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda davom etadi. Qizlar o‘rtasida milliy liboslarni keng targ‘ib etish, yoshlarimizning milliy liboslarga hurmatini oshirish, qolaversa, kiyinish madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan hisoblanadi, – deydi tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zilola Toshtemirova. – Nafaqat keng jamoatchilik, balki yoshlarimizning o‘zlariga ma’qul va manzur bo‘lgan festival, shubhasiz, ana shu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu tadbirda QSXET fakultetining talaba qizlari va professor-o‘qituvchilar faol qatnashdilar. Talaba qizlar o‘zlari kiygan liboslarga to‘liq ta’rif berib o‘tishdi.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi b.t.raisi Z. Xafizova axboroti
Institut matbuot xizmati R. Jumaniyozov