Joriy yilning 4-fevral kuni "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasini bir guruh ustozlari dotsent t.f.n., I.Musaev, dotsent g.f.n. O.Ro‘ziqulova, assistent o‘qituvchi A.Jo‘raev hamda "Yer resurslarini boshqarish" (ERB) fakulteti dekani PD dotsent Sh.Narbaev bilan birgalikda Yunusobod tumanidagi 150-maktabda “Geoinformatika va kadastr sohasi” mavzusida 11-sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida YeRB fakulteti dekani Sh.Narbaev institutdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Jumladan, fakultet respublikada yer tuzish, yer kadastri, geodeziya, geoinformatika, kartografiya va davlat kadastrlari sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan hisoblanadi. 2019-yildan buyon, dotsent Sh.Narbaev fakultetga rahbarlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida (TIQXMMI) GM, GIM, QXM, QSXET, SXTEB fakultetlaridagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi. Institutdagi madjud fakultetlar, kafedralar, harbiy kafedra, xalqaro aloqalar va boshqalar bo‘yicha bukletlar topshirildi. Institut saytidan to‘liq ma’lumot olish bo‘yicha maslahatlar berildi.
Dotsent I.Musaev "Geodeziya va geoinformatika" sohasining ahamiyati yuzasidan gapirib, Axborot texnologiyalariga barcha sohalarda talab katta ekanini aytib o‘tdi. Maktabga 30 ta badiiy kitob hamda o‘quvchilarga 15 ta xaritalar sovg‘a qilindi. Dotsent O.Ro‘ziqulova o‘quvchilar katta hayotga qadam qo‘yish ostonasidagi o‘quvchilardan, maqsadlarini aniq belgilab olganlarini so‘radi. Maqsadni aniqligi, uni yarmiga yetganini bildirishini aytib o‘tib, YeRB fakultetiga o‘qishga kirish uchun o‘quvchilar matematika va geografiya fanlaridan kirish testi topshirishlarini eslatib o‘tdi. Maktabni geografiya fan o‘qituvchisi bilan hamkorlik yo‘lgan qo‘yilgan. Bahorni mart oyida fan olimpiadasi o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Barcha o‘quvchilarni faollikka chaqiramiz. Maktab bilan hamkorlik doimiy holatda davom ettiriladi.
TIQXMMI matbuot xizmati