Ilm yo‘lidagi yana bir qadam

Joriy yilning 5-fevral kuni «Professional ta’lim va jismoniy madaniyat» kafedraning  kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Pedagogika fanlari doktori, professor Z.K.Ismailova ilmiy raxbarligida tadqiqot olib borayotgan Sadikova Feruza Maxmudjanovnaning 13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Professional ta’lim  muassasalarida talabalarning kompetensiyalarni egallash bo‘yicha mustaqil ishini tashkil etish metodikasi (Kasb-hunar ta’limi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Kafedra yig‘ilishini pedagogika fanlari doktori, professor R.K.Choriev olib bordi.

Professional ta’lim tizimi oldida turgan vazifalar uning axborotlashuvini va ta’limning ko‘p bosqichliligini, kasbiy tayyorgarlikning uzluksizligini, talabalar va o‘qituvchilarning akademik mobilligini, mustaqil ta’limning turli shakllarini tashkil etish metodikasini takomillashtirishni, uning sifatini baholash tizimining rivojlanishini ta’minlovchi yagona tizim yaratishni talab qiladi. Dissertatsiya ishida ana shunday hozirgi kunda yechimini kutayotgan qator savollarga e’tibor qaratildi. Kengaytirilgan yig‘ilishda institut ilmiy bo‘limi boshlig‘i B.Matyakubov, TIQXMMI Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari,Sirojiddin To‘rayev Qarshi muxandislik iqtisodiyot institutini o‘qituvchisi, GM fakulteti dekani va dekan muovinlari hamda stajyor-tadqiqotchi va doktorantlar ham ishtirok etdilar.

TIQXMMI matbuot xizmati