Ta’lim, fan va ishlab chiqarishda salohiyatli yoshlarning o‘rni

Mamlakatimizda Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamon talablariga javob beradigan mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Institutimizning QSXET fakulteti 5313200-TTTEM ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari guruh murabbiylari A. Mustafoqulov, E. Sobirov va A. Pardaevlar rahbarligida “Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasining o‘quv laboratoriyalari bilan tanishdilar. Ta’lim jarayonida yoshlarga taqdim etilayotgan bunday imkoniyatlar ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodning o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishi, o‘zi tanlagan kasb bo‘yicha o‘qishi, ishlashi, hayotda o‘z o‘rnini topib olishi va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassislar bo‘lib yetishishi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

TIQXMMI  matbuot xizmati