Ayollarning jamiyatdagi o’rni

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  Biroq ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog’lomlashtirishning samarali mexanizmini yaratishga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko’rsatmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakultetida mehmonlar kelishi davom etmoqda.

Fakultetda ayollarning jamiyatdagi o’rni mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatida fakultet dekani A. Fatxulloyev, fakultet xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.Beknazarova, A.Dosmatova hamda R.Shukrullayeva, talaba-qizlar ishtirok etdi. Z.Beknazarova yaqinlashib kelayotgan talaba-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrikladi. A.Dosmatova so’zga chiqib, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasining jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida qo’mita faoliyatining ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va uning hududiy bo’linmalarining yangilangan tuzilmalari tasdiqlandi.

Oilaviy qadriyatlar va an’analar yo’nalishida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish maqsadida Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi negizida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi. Oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o’rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish bilan bir qatorda Sog’lom oila  sog’lom jamiyat konseptual g’oyasi hamda Oila jamiyat va davlat himoyasida konstitutsiyaviy prinsipini keng targ’ib etish va jamiyatga singdirish Oila markazining asosiy vazifalari qatoridan joy oldi.

TIQXMMI matbuot xizmati