TIQXMMI 1-kurs talabalari bilan uchrashuv

Institutimizning «Nazariy va qurilish mexanikasi» kafedrasi  professorlari M.Mirsaidov va T.Mavlonovlar 05.09.2019 yilda “Gidromelioratsiya” fakultetining  1-kurs talabalari va Gidrotexnika qurilishi fakulteti GTI va NSF yo‘nalishining  1 kurs bakalavriat talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Suhbat davomida talabalarni kelgusida yaxshi mutaxassis bo‘lib, Respublikamizga xizmat qilishi uchun yaxshi o‘qib, puxta bilim olishlari haqida gapirildi. Ular yaxshi bilim olishlari bilan birga har tomonlama yetuk bo‘lishi, ya’ni madaniyatli va ma’rifatli kishilar  bo‘lishga tinmasdan  mehnat qilishi haqida gapirishdi.

Shu bilan birga Prezidentimz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarning bilim olishi uchun hamma sharoitlarni yaratayotganligini, buning uchun qabulni shaffof qilganligi, hozirgi kunda Respublikamizda 112 ta oliy o‘quv yurti ishlab turganini, bu yilning o‘zida 35 ta oliy o‘quv yurti ochilganligini, shulardan 12 tasi xorijiy oliy o‘quv yurtlari ekanligini aytib o‘tishdi.

Bu yil qabul qilingan talabalar bilim olishga astoydil harakat qilib, kelgusida madaniyatli, odobli kishilar bo‘lib, Respublikamizning yuksalishi uchun sifatli kadrlar bo‘lib xizmat qilishlarini tilab qolishdi.

Institut Matbuot markazi rahbari R.Jumaniyozov