Nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi hamda uzviyligini ta’minlash bugungi kunda davr talabidir. Darhaqiqat, bu ikki tushuncha qachonki bir biri bilan chambarchas bog‘lansa ilmda yuksalish, ta’limda ulg‘ayish bo‘ladi. Gidromelioratsiya fakulteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan kafedraga qarashli “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 307-guruh talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyatida joylashgan “Peng - Sheng” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
2021-yil 21-iyun sanasida guruh talabalari uchun ushbu korxonada ishlab chiqarish amaliyoti boshlangan edi. Bugungi kunga qadar “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida talabalar ikki guruhga bo‘lingan holda korxonaning Tomchilatib sug‘orish quvurlari, shlanglari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi zavodida hamda zamonaviy sug‘orish tizimlari o‘rnatilgan issiqxonalarda o‘zlarining nazariy bilimlari amaliyot bilan mustahkamlamoqda.
“Peng Sheng” qo‘shma korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bugungi kunda asosiy faoliyat turlari keramik plitkani ishlab chiqarish, qora mol terisini qayta ishlash, charm poyabzal ishlab chiqarish, polietilen quvurlar ishlab chiqarish hamda issiqxonalarda poliz ekinlarini yetishtirishdan iborat. Bugungi kunda ushbu korxonada 1000 dan ortiq aholi ish bilan ta’minlangan.
Gidromelioratsiya fakulьteti 307 guruh talabasi Azizbek Hasanov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati