Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan loyihaning 2-kuni dastur bo'yicha yuqori kayfiyatda boshlandi hamda tasdiqlangan dastur doirasida 2-kun oliy ta'lim muassasasidagi jamoat tashkilotlari Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti, xotin-qizlar qo'mitasi, institut Kasaba uyushmasi qo'mitasi faoliyati haqida, jamoat tashkilotlarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan, moddiy-texnik bazasi, amalga oshirilgan ishlari yuzasidan 1-juftlik taqdimotlar asosida ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Ushbu kunni ham fakultet dekani, dekan muovinlari, yoshlar yetakchisi bilan 1-bosqich talabalari ichiga kirib, ochib berishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa institutda yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, institut rahbariyatining talabalarga yaratgan sharoitlari, binolar, axborot-resurs markazi, laboratoriyalar, innovatsion cluster, kutubxonalar, bookcafe, boshqa fakultetlar rahbarlari xonalari, institut rahbariyati xonalari, yangi ochilgan binolar,oshxona, sport maydoni, sport sohasidagi talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, talabalar turar joylari, talabalar uchun xizmat qiladigan barcha-barcha narsalar bilan yaqindan tanishishdi. Har bir guruh o'z guruh moderatorlari bilan institut hovlisini aylanib, yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishdi. Jamoat tashkilotlari xonalari bilan ham tanishishdi. Barcha bo'limlar joylashuvi haqida ma'lumotlar berildi.
Muhimi, do'stlik, hamjihatlik, 1-bosqich talabalari o'z facilitatorlari bilan xursand. Ularning ota-onalari ham institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishmoqda. Haftaligimiz davom etadi. 3 - kunda juda ham qiziqarli taqdimot va tanishuvlar 1-bosqich talabalarini kutib turibdi. Bizni kuzatib boring.
Institut Matbuot markazi rahbari R. Jumaniyozov