Tijorat banklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
2021 yilning 6 noyabrida institutmizning "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetida ATB Turonbankning navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda ATB Turonbank Boshqaruv raisi maslahatchisi Ibragimov Zakir Yakubovich “Tijorat banklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qildi. Mavzu va unda ko‘tarilgan masalalar juda dolzarb bo‘lib, har bir iqtisodiy sub’ekt, individ bevosida kunlik hayotida bu masalalar, texnologiyalar bilan to‘qnash keladi. Shu sababli seminar ishtirokchilari tomonidan ko‘tarilgan masalalarga qiziqish juda katta bo‘ldi. Ma’ruzachiga seminar ishtirokchilari tomonidan ko‘plab savollar berildi.
Jumladan, tijorat banklarida amalga oshirilayotgan tranformatsiya jarayoning borishi, zamonaviy axborot-kommmunikatsiya texnologiyalridagi o‘zgarishlar, dasturiy ta’minot, sohaning kadrlar bilan ta’minlanish holati va istiqbollari to‘g‘risida savollarga turli fikrlar bildirildi va ijobiy tortushuvlarga sabab bo‘ldi. Seminarda ishtirok etgan sirtqi ta’lim talabalari ta’lim kreditlarini sirtqi bo‘lim talabalari uchun ham joriy etish taklifini bildirishdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning innoguratsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi va ATB Turonbank tashkil etilganligiga 31 yil bo‘lganligi xabari ham qo‘shilib, seminar ishtirokchilarining faolligiga juda iliq ta’sir ko‘rsatdi. Barcha bu xayrli xabarlar munosabati bilan ma’ruzachini va bir birini tabriklashdi.
TIQXMMImatbuot xizmati