Bugungi kunda do'stlik, hamjihatlik, qariyalarni e'zozlash kabi ezgu fazilatlarga yoshlarni o'rgatish dolzarb masaladir. Institutda ta'lim oluvchi bir guruh Yoshlar ittifoqi faol talabalari Toshkent shahrida yashovchi boquvchisini yo'qotgan, qarovga muhtoj, nogiron qariyalar holidan xabar olish uchun mahalla raislari bilan birgalikda ular yashovchi xonadonlarga tashrif buyurishdi hamda ularning holidan xabar olishdi. Qariyalarga bir og'iz shirin so'z va oldiga borishning o'zi bir katta tuhfadur. Bu kabi ezgu ishlarga barcha fakultet talabalarini chorlab qolamiz.
Institut yoshlar ittifoqi faol talabalar guruhi axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov