TIQXMMI Qarshi filiali talabalar turar joyida talaba-yoshlar bilan yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Sh.Yangiev, matbuot kotibi F.Najimov, kengash kotibi B.G‘aniev hamda axborot texnologiyalari boshlig‘i I.G‘anievlar tomonidan talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish jadvaliga asosan “Internetdan noto‘g‘ri foydalanishning salbiy oqibatlari” va “Ogohlik va hushyorlik – davr talabi” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida I.G‘aniev tomonidan ota-ona va ayollarni ardoqlashning ahamiyati, oilada erkak kishining vazifalari, oila saodatida mehr-muruvvat va oqibatning o‘rni, so‘zlashish va kiyinish bobida hayoning dolzarbligi, internet, xususan, telefondan noto‘g‘ri foydalanish qator axloqsizliklarga zamin yaratayotgani borasida ma’ruza qildi.B.G‘aniev o‘z ma’ruzasida bu kabi tadbirlarni tashkil etish nechog‘lik ahamiyatli ekanini e’tirof etdi. Shuningdek, muqaddas Islom dinimizda yaxshilik va ezgulik sari chorlash, noto‘g‘ri yo‘llardan ogoh etishning farz ekani ham bejiz emasligi aniq va ravshan tushuntirildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Matbuot kotibi Farrux Najimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov