Kitob - ko‘zgu

2021-yil 6-fevral kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedra mudiri A.Axmedov boshchiligida kafedra jamoasi institutimizning Axborot-resurs markazining 2-qavatida joylashgan Professor-o‘qituvchilar o‘quv zalida “Kitob-inson ma’naviyati ko‘zgusidir” rukni ostida o‘tkaziladigan “Kitoblar ko‘rgazmasi”ga tashrif buyurib, ko‘rgazmada o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, shu jumladan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishib chiqdilar. Tashrifi so‘ngida professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan o‘quv-uslubiy adabiyotlarni institut kutubxonasiga taqdim etdilar.

TIQXMMI matbuot xizmati