Buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning ijodiyoti va ijtimoiy faoliyati insoniyat va ma’naviyatga, el-yurtga xizmat qilishning betakror namunasidir. U o‘zining butun hayotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi va farovonligini ta’minlashga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishlangan. Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining ma’naviyat zalida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” adabiy-badiiy kechasi tashkil etildi. Tadbirda Navoiy g‘azallari hamda ular asosida yaratilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘nglida xushnudlik uyg‘otdi. Ushbu beqiyos ma’naviy merosning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati