Gidrogeologik jarayon, tabiatda suvning aylanma harakatining bir qismi bo‘lib, yer osti suvlarining shu zanjir ichida, ozuqa olishidan, oqim sifatidagi tranzit harakatidan, sarflanishidan, qayta pasayishi va yoyilib ketishidan tashkil topadi hamda bu jarayon yer osti suvlarini tog‘ jinslari, atmosfera, gidrosfera, tuproq qatlami va biosfera bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Shu mavzu bo‘yicha bugun 08 avgust 2018 yil 2 juftlikda, institutimizning G o‘quv binosi 109 auditoriyasida Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti Yusupov Giyaz Usmanovich “Sug‘oriladigan yerlarda rivojlanadigan gidrogeologik-meliorativ jarayonlarning o‘ziga xosligi” mavzusida 1 bosqich talabalariga “Ochiq ma’ruza” o‘qidi.
Ma’ruzada Gidromelioratsiya fakul'teti dekan muovinlari, Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-uslubiy boshqarma metodistlari ishtirok etishdi.
Tajribali ustoz, talabalar va mutaxassislarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Dars so‘ngida esa mavzu bo‘yicha tarqatma materiallar asosida talabalarning tushinish darajalari aniqlandi hamda ularning har biriga individual topshiriqlar berildi.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti