Joriy yilning 7 oktyabr kuni 1-TTJ YERB fakulteti 1-2-kurs talaba yoshlari bilan institut psixologi M. Muxamedova ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir “Ongning trans holati” mavzuida bo'lib o'tdi. Bu mavzuni tanlashga YERB fakulьteti Geodeziya va geoinformatika yo'nalishi 2-kurs talabasi Umaraliyev Otabekning murojaati turtki bo'ldi. Otabek turli xil mavzularga qiziqadi va o'z savollariga to'liq javob olishni istaydigan faol talabalarimizdan biridir. Trening qatnashchilariga “Trans holat” deganda nimani tushunasizlar degan savollarimizga butkul teskari javoblar oldik.
Talabalarni psixologik bilimini oshirish, psixologik terminlar bilan tanishtirish maqsadida uyushtirilgan ushbu tadbirda trans holat nima, u qanday va qay holatda paydo bo'ladi, miya yarim sharlari bilan qanday aloqasi borligi to'g'risida suhbat olib borildi. Suhbat juda qizg'in tarzda kechdi. Tadbirda O. Umaraliyev ishtirokchilarni liderlik qobiliyatlarini qay darajada ekanini aniqlashtirishga mo'ljallangan “Psixogeometrik” test o'tkazdi. Davra suhbatida yig'ilish ishtirokchilarining o'z bilim va malakalarini hamma sohada kuchaytirishlari va o'zliklarini anglab o'z ustida tinimsiz mehnat qilgan odamgina elda aziz bo'lishi haqida ilm va hunar egallashga bo'lgan ishtiyoqlarini yanada kuchaytirish, motevatsiya berish maqsadida Alisher Navoiyning: “El netib topgay menikim Men o'zimni topmasam”, degan satrlari bilan yakunlandi. Barcha yig'ilganlar ushbu tadbirda o'tkazgan vaqtlari uchun mamnun ekanliklarini va keyingi tadbir intuitsiya mavzusida tashkillashtirilishi haqidagi takliflar bilan o'z yakuniga yetdi.
Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti