Bayram bilan qutlandi

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faollari institut xotin-qizlarini, professor-o'qituvchilarini tabriklash tadbirini o'tkazishdi. Erta tongdan yigitlar institutning har ikkala kirish darvozalari oldida saf tortishdi. Bayramga atab maxsus ko'krak nishonlari qilindi va tarqatildi, musiqalar sadosi ostida kutib olindi. Barcha xotin-qizlarimizni, mehribon onajonlarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Ularga uzoq-umr, baxt, omad tilaymiz. O'qish va ishlarida omad yor bo'lishiga tilakdoshmiz.  Baxtimizga sog' bo'lsinlar.

Yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti axboroti

Institut matbuot kotibi Rahikboy Jumaniyozov