Joriy yilning 8 oktyabr kuni institut psixologi M.Muxamedova oliygohning GIM fakulteti 1 kurs talaba yoshlari bilan tadbir o'tkazdi. Psixologning institutdagi faoliyati va psixologik xizmat turlari bilan tanishtirish va talabalardagi adaptatsion jarayonni kuzatish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur uchrashuvda GIM fakulteti dekani B. Norov va GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari O. Ro'zibayevlar ham faol ishtirok etishdi.
M.Muxamedova suhbat davomida talabalarni psixolog xizmati nimadan iborat ekanligi va uning bajaradigan vazifasi bilan tanishtirdi. Insonlar qanday holatlarda psixologga murojaat etishi mumkinligi, bunda mijoz va psixolog o'rtasidagi suhbat sir saqlanishi, tushkunlik, stress holatlar, psixologik muammolar yuzaga kelgan paytda psixolog yaxshigina dalda bo'la olishi suhbat davomida ta'kidlab o'tildi.
Tadbirda “Institut psixologi faoliyati” to'g'risidagi bukletlar tarqatildi va barcha talabalarga “Psixolog maslahati” kanaliga a'zo bo'lish tavsiya qilindi. Yig'ilish so'ngida talabalar fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari O. Ro'zibayev va institut psixologi M.Muxamedovaga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi va savollariga to'liq javoblar olishdi. Shu bilan tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti