Ta’sirchan va mohiyatli  tadbir

2018-yil 5-oktyabrda  1-kurs talaba qizlari bilan odob-axloq va kiyinish madaniyati bo'yicha mubohasali tadbir tashkil etildi. Ushbu yig‘ilishda Hamid Olimjon mahalla Fuqarolar yig‘inining mutaxassisi M.Shermuxamedova,  “Lashkarbegi” MFY mutaxassisi Z.Rasuli va  QXM, GTK, SXB va TY, GM, GIM fakul'tetlari xotin-qizlari kengashlarining raislari qatnashdilar. 
Tadbirda “Lashkarbegi” MFY mutaxassisi Z.Rasuli so‘zga chiqib, talaba qizlarga hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan odob-axloq va kiyinish madaniyati bo‘yicha gapirib o‘tdi.
Undan tashqari fakul'tet xotin-qizlar kengashlarining raislari ham so‘zga chiqib, talaba qizlarga yaxshi maslahatlar berishdilar. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi ayni paytda o‘z takliflarini ham berishdi.
 

  

Institut xotin-qizlar kengashi raisi Z.Hafizova ma’lumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov