Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir.
"Er resurslarini boshqarish" fakultetining yoshlar ittifoqining faol iqtidorli "GEOSTARS" kanalining jamoasi institutimiz miqyosida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida Konstitutsiya va oliygohimiz faoliyatiga doir so‘rovnoma o‘tkazishdi. Ushbu so‘rovnoma bosh qomusimiz Konstitutsiya, institutimiz va partiyamizga tegishli edi. Ustozlarimiz hamda zukko talabalarimiz berilgan savollarga qay darajada javob olishganini lavha orqali ko‘ramiz.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova va institut xotin qizlar qmitasi raisi Z.Xafizova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov