Talabalar boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida “5 kun oʼqish bir kun maʼnaviy ozuqa” shiori ostida “Qishloq va suv xoʼjaligini energiya taʼminoti" fakulteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini va Axborot tizimlari va texnologiyalari taʼlim yoʼnalishi 105 - guruh murabbiyi hamda bir guruh talabalari "Аmir Temur" muzeyiga tashrif buyurishdi. U yerda “Temuriylar tarixi” aks etgan eksponantlarni asli va nusxalari bilan tanishishdi. Ushbu muzey ekskursiyasi 1 -kurs talabalarimizga yanada bilimlarini oshirishga koʼmak berdi.
TIQXMMI matbuot xizmati