30 iyun kuni ITI va PKTB boshlig‘i Sh. Imomov, IIITB boshlig‘i M.Sarimsaqov va bo‘lim xodimi O. Abdisamatovlar Institutning O‘quv ilmiy markazi DUK tajriba maydonlarini o‘rgandilar. Tajriba maydonlarida yetishtirilayotgan 6 gektar g‘o‘za nihollari o‘rganib chiqildi. “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” (I va M kaf.), “Tajriba uchastkasi yer maydonlarini harakatchan kaliy, fosfor va gumus bilan ta’minlash bo‘yicha agrokimyoviy xaritogrammasi” ni ishlab chiqish (T va D kaf.), “Tajriba dalasida yetishtiriladigan g‘o‘za navlari urug‘lik chigitiga “Ozon” gazi bilan ishlov berishning paxta hosildorligi va tola sifatiga ta’siri” (E va SRB kaf.) mavzusida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining paxta dalalari approbatsiya qilindi. Dalalarda g‘o‘zaning holati yaxshi, o‘rtacha 5-6 donadan hosil elementi mavjud, biroq begona o‘tlardan to‘liq tozalanmagan, ayrim qismlarida g‘o‘za nimjon, qo‘shimcha mineral o‘g‘it kiritish va sug‘orish ishlarini amalga oshirish zarur, shuningdek, g‘o‘za nihollarida zararli hashoratlar mavjud, biologik mahsulotlarni kiritish ishlarini tezlatish taklifi berildi.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linma boshlig‘i M.Sarimsaqov
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov