Ochiq dars qiymati

Har qanday ochiq dars oʻzning mazmun va mohiyati bilan yangilikka va taraqqiyotga bogʻlannadigan boʻlsa, uning qiymati oshib boradi. Loyiha har bir sohaning tarhini chizishdek masʼuliyat bilan boshlanadi. Shuning uchun loyihalashtirish tushunchasi ayni davrda ommalashib borayotgani sir emas. Bu esa innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar sari keng yoʻl ochadi.

2018 yil 23 noyabr kuni soat 08:30 da 613-xonada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti M.Ibragimovning “Proyektirovaniye sistem elektrifikatsii” fanidan “Proyektirovaniye elektrifikatsii nasosnыx stansiy” mavzusidagi ochiq darsi boʻlib oʻtdi.

Maʼruzada nasos stansiyalarining roli va Respublika qishloq xoʻjaligidagi ahamiyati toʻgʻrisida gapirib, sugʻoriladigan yerlarga suv chiqazishda Respublikamizda mavjud nasos stansiyalarining joylashishi va ularning mamlakat rivojlanishidagi oʻrni toʻgʻrisida gapirib oʻtdi. Buning uchun nasos stansiyalarini elektrlashtirish jarayonlarini loyihalash zarurligi va uni amalga oshirish ketma-ketligi toʻgʻrisida batafsil tushuncha berdi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov