TIQXMMI “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi professori, t.f.d. Xudoyorov B.M., institut Qarshi filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., proffesor Ravshanov X.A. va institut Qarshi filali “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani t.f.f.d., dotsent Qodirov U.I.lar tashrif buyurib, texnikumning 1-bosqich talabalari safiga qabul qilinganliklari bilan tabriklab, ularning o‘qishiga muvofiqqiyatlar va yuksak marralar tilab, mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgani haqida so‘zlab berdi, shu bilan birga sohadagi yangiliklari, amalga oshirilgan tadbirlar, yoshlarning keng qatlamlarga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratilganligi, har tamonlama qo‘llab quvvatlashliklarinini yoshlarga tushintirib berib, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “ Harakatlar strategiyasi” demokratik davlat qurish va fuqorolik jamiyat rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlarni o‘rni va ularni faolligini oshirish haqida so‘zlab berdi.
U o‘z so‘zi davomida institut tarixi, uning faoliyati, institutda talabalarga yaratib berilgan imokoniyat va sharoitlar, institutda faoliyat qilinayotgan proffesor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, zamonaviy texnikalar bilan ta’mingani, talabalarni o‘qishi va dam olishi uchun keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy Axborot resurs markazi va talabalarni zamonaviy yotoqxonalar bilan taminlash imkoniyati borligi, haqida texnikumning 1-bosqich talabalariga so‘zlab berdi. Institut Qarshi filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., professor Ravshanov X.A. so‘zga chiqib yosh talabalarga o‘z faoliyati, institut filialidagi sharoitlar, qisqa muddatda erishilgan yutuqlari, bugungi yoshlarga davlat tamonidan yaratib birilayotgan imkoniyatlar, 2021-yil O‘zbekistonda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili davlat dasturini tushuntirib berdi. Yig‘ilish qatnashchilarga texnikum direktori Sh.X.Mardonov samimiy suhbatlari, talabalar va jamoa nomidan minnatdorchiligini bildirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati