2021 yilning 8 apreli kuni Yer resurslarini boshqarish fakultetining barcha kurslar guruh murabbiylari guruhidagi barcha talabalarni o‘zlari boshchiligida Respublika olimpiya shon-shuxrat muzeyining ko‘chma vistavkasiga va O‘zbekiston davlat tabiat muzeylariga tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida talabalar olimpiya shon-shuxrat muzeyiga qo‘yilgan medallar, kuboklar va boshqa sport anjomlarining tarixi. Respublikamiz sportchilarining erishgan yutuqlari to‘g‘risida bir qator ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mamlakatimiz sportining ko‘zgusi hisoblangan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Muzeyning tantanali ochilish marosimi 1996 yil 1-sentyabrda o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining o‘sha paytdagi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishganligi bo‘yicha talaba-yoshlarga ma’lumotlar berib muzeyi xodimlari tomonidan ma’lumotlar berib o‘tildi. O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini hamda «halol o‘yin» tamoyillarini targ‘ib qilishda, O‘zbekiston sportchilarini olamshumul g‘alabalari va mamlakatimizda Olimpiya xarakatini rivojlantirish tarixi to‘g‘risida keng jamoatchilikni bohabar qilishda muhim o‘rin egallaydi. Shu maqsadda muzeyda Vatanimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlari hamda xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritgan g‘alabalarini o‘zida aks ettiruvchi turli mavzudagi ekspozitsiyalar va ko‘rgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etiladi.
O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 2000 dan ortiq ekponat o‘rin egallagan bo‘lib, shundan mingdan ortig‘i doimiy ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, sport anjomlari va kiyim-kechaklari ko‘p miqdorda ko‘rgazmaga qo‘yilgangi bo‘yicha ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek talabalar O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida ham sayoxat qilishgan. Ushbu muzeyida Respublikamiz hududida uchraydigan turli yovvoyi xayvonlar, qushlar va uy xayvonlarining yashash sharoiti to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
YЕRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati