Umrni oqar suvga qiyoslashadi, oʻtgan bir lahzani ham ortga qaytarib boʻlmaydi. Lekin qilingan ishlar, ezgu amallar, yillar oʻtsada doim tillarga olinaveradi. 9 may –“Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Ushbu bayramni institut rahbariyati ham oʻz tashabbuslari bilan kafedralarda urish qahramonlari va Front ortida shijoat koʻrsatgan keksalarimizni eslab, xonadonlariga tashriflar uyushtirildi.
Jumladan, 9 may kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani muovini H.Eshova va Geodeziya va geoinformatika kafedrasi madiri I.Musayev, kafedra professor-oʻqituvchilari M.Rajabbayev va Oʻ.Muxtorovlar “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasining sobiq professori Sattorxon Ibodullayevning qutlash, holidan habar olish uchun shifoxonaga borishdi. Institut rektori nomidan bayram bilan tabriklashdi hamda institut tomonidan berilgan sovgʻalarni yetkazishdi. Bu tashrifdan juda mamnun boʻlgan Sattorxon Ibodullayev bizga va institut rahbariyatiga oʻz minnatdorchiliklarini aytib xursand boʻldi.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institutning matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov