O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20.04.21 y PQ-5081-sonli qaroriga asosan Respublikamizning barcha hududlaridagi kabi institutimizda ham “9-may – Xotira va qadrlash kuni” nishonlanmoqda. Jumladan, institutda uzoq yillar mehnat qilib, yoshlarga ta’lim va tarbiya bergan mehnat faxriysi P.Hakimjonovning xonadoniga “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.B.Hasanov va dekan o‘rinbosari A.I.Azimov tashrif buyurib, “9 may – Xotira va qadrlash kuni” hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi bilan tabriklashdi va unga institut rektori, professor O‘.Umurzakovning sovg‘asi va samimiy tabriklarini yetkazishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati