O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida Joriy yilning 8-may kuni ZOOM dasturi orqali "Servitutni tashkil qilish amaliyoti va tajribasi - Shvetsiya misolida" mavzusidagi vebinar tashkil etildi. Vebinarni institutimiz rektori U.Umurzakov so'zga chiqib tashkilotchi va soha mutaхassislariga o'z minatdorchiligini bildirib, kelajakda hamma yoshlarni ilmiy izlanishlariga omad tiladilar.
Shundan so'ng Jahongir Rahmanov Lantmäteriet/The Shwedish Mapping, Cadastral and Land Registration Authority, yer kadastri huquqiy masalalari boʻyicha mutaxassisi (Shvetsiya) so'zga chiqib "Servitutni tashkil qilish amaliyoti va tajribasi - Shvetsiya misolida" hozirgi kunda sohadagi zamonaviy innoavatsiyon texnologiyalar asosida olib borilayotgan ishlar haqida to'liq ma'lumotlar berdi.
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti professor o'qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan berilgan qiziqarli savollarga to'liq javoblar berildi. Vebinarda qatnashgan fakultet talabalari tashkilotchilarga samimiy minatdorchiliklarini bildirishib kelgusida bunday mahorat darslari tez-tez tashkillashtirish taklifini bildirishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati